Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga
15-Avgust, 2022-yil

...

Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Rossiyada neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Eriell Neftegazservis" korxonasi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq Novыy Urengoy shahrida katta yuk avtomobillari haydovchisi ("CE" toifadagi haydovchilik guvohnomasi) mutaxassislari ishga taklif etiladi.

✅ oylik ish haqi 86 ming rubldan boshlanadi;
✅  yashash joyi, ovqatlanish, transport va patent rasmiylashtirish xarajatlari ish beruvchi hisobidan.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

✅ 50 yoshgacha;
✅ KAMAZ va URAL markali tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomobillarini haydashda kamida 3 yillik ish tajriba;
✅ rus tilini bilishi;
✅ sudlanmagan bo‘lishi;
✅ O‘zbekistondan chiqishga va Rossiya hududiga kirishga taqiq qo‘yilmagan bo‘lishi;
✅ "Eriell Neftegazservis" tashkilotida kamida 1 yil ishlab berishga tayyor bo‘lish.

Nomzodlar 2022 yil 17 avgust soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

👉Ro‘yxatdan o‘tish 

Eslatma: Rossiya Federasiyasi namunasidagi haydovchilik guvohnomasi olish uchun fuqarolar O‘zbekiston hududida 1 oy davomida ish beruvchi hisobidan o‘qitiladi

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik