E'lon
29-Iyul, 2022-yil

...

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2022-2023-o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi

25-Jul-2022 532

 

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2022-2023-o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha professor-oʻqituvchilar lavozimiga yuqori malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi:

1. Matematika va informatika.

2. Fizika va astronomiya.

3. Kimyo.

4. Biologiya.

5. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.

6. Tarix.

7. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi.

8. Musiqa ta’limi.

9. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.

10. Boshlang'ich ta'lim.

11. Maktabgacha ta'lim.

12. Jismoniy madaniyat.

13. Texnologik ta'lim.

14. O'zga tilli guruhlarda rus tili.

15. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport

16. O‘zbek tili va adabiyoti

17.Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

 

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

 

- PhD yoki DSc ilmiy darajasi (agar mavjud bo‘lsa);

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining 2022-yil 29-maydagi 02-1415-sonli xati talablariga muvofiq, ingliz tilini (xorijiy til o‘qituvchilari uchun tegishli xorijiy tilni) bilish darajasini tasdiqlovchi C1 darajasiga tenglashtirilgan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lish (xorijda taʼlim olgan yoki dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati shart emas)

- shaxsan nomzod tomonidan ingliz, oʻzbek va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi koʻrsatkichi – KPI yoki CV;

- mutaxassislik fanlaridan ingliz tilida (xorijiy tillar uchun tegishli xorijiy tilda) oʻtilgan darsning 20 daqiqalik videotasviri;

- portfolio tayyorlash (shu jumladan, arizachi tomonidan o‘qitilishi tavsiya etilgan fanlar bo‘yicha – fan dasturi, o‘quv rejasi, o‘quv-metodik materiallar, ma’ruza matnllari, mustaqil ish uchun tarqatma materiallar);

-  elektron qurilmalardan erkin foydalanishi kerak (printer, noutbuk, proyektor), ofis dasturlari, Hemis platformasi, Moodle;

- taʼlim sohasida eng kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlish.

 

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlaydi:

 

- barqaror maosh (oylik ustama haqi bilan Oliy maktab qonunchiligiga muvofiq);

- istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati;

- xorij davlatlariga xizmat safari.

 

Ish tartibi: dushanbadan shanbagacha

(dushanba-juma 08:00-16:00)

(shanba 08:00-13:00)

 

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlardan quyidagi hujjatlar yig‘ma jildini uzfikadr2021@mail.ru va a.s.ismoilov1987@gmail.com elektron manziliga yuborishi so‘raladi:

1. PhD yoki DSc diplomi (agar mavjud bo‘lsa).

2. Ingliz tilini (xorijiy til o‘qituvchilari uchun tegishli xorijiy tilni) bilish darajasini tasdiqlovchi C1 darajasiga tenglashtirilgan xalqaro yoki milliy sertifikat.

3. Nashr etilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar ro‘yxati.

4. Shaxsan nomzod tomonidan ingliz, oʻzbek va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi koʻrsatkichi – KPI yoki CV.

5. Mutaxassislik fanlaridan ingliz tilida (xorijiy tillar uchun tegishli xorijiy tilda) oʻtilgan darsning MP-4 formatida 20 daqiqalik videotasviri.

6. Diplomlar (bakalavr, magistr, PhD yoki DSc) va diplom ilovalaridan nusxa.

7. Malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxalari (oxirgi 5 yillik).

 

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2022-yil 10-avgust.

 

Murojaat uchun telefon:  +99866-222-81-72, +99895-410-80-15.