Yaponiya davlatida ishlash istagidagi fuqarolar uchun
11-Noyabr, 2022-yil

...

Yaponiya davlatida  qishloq xo‘jaligi, qariyalarni parvarishlash va ishlab chiqarish sohalarida ishlash istagidagi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan  fuqarolarni “Ishga marhamat” monomarkazlaridagi yapon tili kurslariga taklif qilamiz!

➡️Agar siz ishsiz bo‘lsangiz, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida bepul o‘qishingiz mumkin! 
Darslar  malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi va o‘qish 6 oy davom etadi, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarga N4 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritishga ko‘maklashiladi.

➡️O‘qishni yakunlab,  yapon tilini N4 darajada o‘zlashtirganlarni Tashqi mehnat migrasiyasi  tomonidan tanlov asosida tashkillashtirilgan tarzda kunchiqar mamlakatga ishga yuboriladi.(o‘rtacha oylik ish xaqi 1200 – 1600 AQSH dollari) 

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 

Ishga marhamat monomarkazi telefon raqami: (66)-225-08-40, (90)-478-04-30 

Migratsiya hududiy filiali (66)-233-24-00,  (66)-233-53-00

Telegram kanalga ulanish:👉@Samarkand_bandlik