Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar
21-Yanvar, 2022-yil

...

🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

✅ 39 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

✅ davolash sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo‘lgan psixiatriya va umumiy hamshiralik (stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
   ‼️umumiy hamshiralik uchun - kasalxonaning turli bo‘limlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar;
   ‼️psixiatriya bo‘limida ishlash uchun - kasalxona yoki klinikaning istalgan bo‘limida kamida 2 yillik tajribaga ega va Germaniyada psixiatriya bo‘yicha ishlash istagini bildirgan hamshiralar.

✅ tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom) tamomlagan bo‘lishi;

✅ bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

✅ Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi (2 bosqichli tanlovlardan muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);

✅ nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasligi;

✅ Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi;

Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

📌 Toshkent shahrida bepul turar joy;

📌 o‘quv xonasi;

📌 oylik stipendiya.

Shuningdek, "Globogate Recruiting GmbH" quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

📚 nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;

📌 til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;

📌 hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;

📌 o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;

🛫 Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;

💵 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil 
(oylik 2 300 yevrodan, nafaqa, sug‘urta, ta’til) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash.

👉Рўйхатдан ўтиш учун

 (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSds9x8H6WKUJPu7l1--xRmuvuxNV5GQJpC66r64Tsa0Ohr2dQ/viewform?usp=sf_link)👉Батафсил маълумот олиш

 (https://t.me/globogate)☎️ Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 66, 88) yoki 1282 qisqa raqami.