10-yanvardan O‘zbekistonning barcha hududlarida 9311 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi
22-Iyul, 2022-yil

...

10 yanvardan O‘zbekistonning barcha hududlarida 9311 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi. Eng ko‘p hokim yordamchilari Samarqand (1120), Farg‘ona (1055) va Toshkent viloyatlarida (1014) tayinlangan. Hokim yordamchilarining hududlar bo‘yicha taqsimoti.

  Кириллчада12 yanvar 2022, 14:04   Siyosat  

10 yanvardan boshlab O‘zbekistonning barcha mahallalarida hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshlaydi. Ular mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanishadi. Bu haqda har bir viloyat hokimi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori qabul qilindi.

“Gazeta.uz"ning aniqlashicha, O‘zbekiston bo‘ylab jami 9311 nafar hokim yordamchilari mahallalarda o‘z faoliyatini boshladi.

Eng ko‘p hokim yordamchilari Samarqand (1120), Farg‘ona (1055) va Toshkent viloyatlarida (1014) tayinlangan. Sirdaryo (236), Jizzax (299) va Navoiy viloyatlarida (330) esa boshqa hududlarga nisbatan kamroq hokim yordamchilari ish boshlagan.

Hokim yordamchilari uniformasi uchun 855 mln so‘m ajratilgan Andijon viloyatida esa 887 nafar hokim yordamchilari tayinlangan.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida 796 nafar, Namangan viloyatida 780 nafar, Surxondaryo viloyatida 721 nafar, Toshkent shahrida 579 nafar, Buxoro viloyatida 544 nafar, Xorazm viloyatida 526 nafar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 424 nafar hokim yordamchilari tayinlangan.

Ma’lumot uchun, hokim yordamchilari 1 yilga tumanga xizmat safariga yuboriladi va ish joyi, oylik ish haqi saqlab qolinadi. O‘zini yaxshi ko‘rsatgan hokim yordamchilari va respublika vakillari mukofotlanadi, yil natijalari bo‘yicha esa “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoniga tavsiya qilinadi. Ularga ipoteka asosida kvartira olishda 50 foizgacha subsidiya ajratiladi.

Hokim yordamchilarining oylik ish haqi ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (MHTEKM) 6 baravari (4 mln 932 ming so‘m), 501 tadan 1000 tagacha bo‘lsa MHTEKMning 6,5 baravari (5 mln 343 ming so‘m), 1 000 tadan ortiq bo‘lsa — MHTEKMning 7 baravari (5 mln 754 ming so‘m) miqdorida belgilanadi. Hokim yordamchilari oyligi nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyidagi maoshidan kam bo‘lsa, yetishmagan qismi hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 21 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev saylovoldi targ‘iboti davomida “hokim yordamchisi” lavozimini joriy etish taklifini bildirgan edi.

Noyabr boshida respublikaning barcha mahallalarida hokim yordamchilari lavozimlari joriy etilayotgani va bunga prezident topshirig‘ida aytilganidek yoshlar orasidan emas, balki hududlarda tajribaga ega moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburan tayinlanayotgani haqida yozgan edik.

Noyabrning o‘rtalarida adliya vaziri Ruslanbek Davletov mahallada hokim yordamchisi lavozimiga majburiy tayinlovlarni “noqonuniy”, deya atagandi. “Hech kimni majbur qilishga haqqi yo‘q… Tazyiqlar bo‘ladigan bo‘lsa murojaat qilishi mumkin”, — degandi u. Vazir shuningdek, kasbni erkin tanlash konstitutsiyaviy huquq ekanligini eslatib o‘tgan.