Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati
22-Iyul, 2022-yil

...

Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan navbatdagi o‘quv soatida ishtirok etdi.

Boshqarma xodimlari siyosiy marifat soatida qator muhim masalalar yuzasidan ma’lumotlar olishdi.

Spikerlar quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tishdi:

Mavzu: Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati

Ma’ruzachi: Tulyakov Eldor Sobirjonovich,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori

Mavzu: Tizimli fikrlash: tamoyil va texnologiyalar

Ma’ruzachi: Usmanov Sardor Uraimovich, siyosiy fanlar doktori

Mavzu: Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)

Ma’ruzachi: Rajaboyev Dilmurod Kuldash o‘g‘li,

Adliya vazirligi bosh maslahatchisi

Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova