T A B R I K N O M A
22-Iyul, 2022-yil

...

#etirof

#tabrik

#muvaffaqiyat

O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati sohasini rivojlantirishga qo’shgan munosib hissasi uchun Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Kadrlar bo’yicha inspektori Azizjon Qayumov Sobirjonovich Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasida yagona kadrlar siyosatini yuritishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan davlat boshqaruv organlari va tashkilotlardagi kadr xizmati rahbarlarining mashaqqatli mehnati, davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish uchun ochiq tanlovlarni adolatli o‘tkazishda, davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirishda hamda davlat fuqarolik xizmatchilari obro‘sini mustahkamlanishida qo‘shib kelayotgan hissasi muntazam ravishda baholanib kelinmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Kadrlar bo’yicha inspektori lavozimida mehnat qilib kelayotgan Azizjon Qayumov Sobirjonovich 2021-yil davomida O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati sohasini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlandi.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamkasbimizning ma’suliyatli faoliyatlariga muvaffaqiyatlar hamda bardavom yutuqlar tilab qolamiz!

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova