Samarqand shahri kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida bir qancha yangi loyihalar ishga tushirildi
18-Oktabr, 2022-yil

...

Samarqand shahri kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida shahrimizda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi bir qancha yangi loyihalarning ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi, xususan “Ideal elektrolyuks” korxonasi negizidagi yangi yillik quvvati 660 ming dona import o‘rnini bosuvchi issiqqa chidamli har-xil turdagi toblangan oynalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Glass Elegant” mas'uliyati cheklangan jamiyati, plastik va alyuminiydan turli xil o‘lcham va shakldagi eshik deraza romlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va sifatli montaj qilish jarayonlarini o‘z ichiga olgan “Nova Invest Profil” korxonalari hamda bir vaqtning o‘zida 150 nafar mehmonni sig‘dira oladigan “Continental hotel Samarqand” mehmonxonasi ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.