Ayolga saodat bering
19-Avgust, 2022-yil

...

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligini nishonlash maqsadida «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Ayolga saodat bering” ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

 

Yig'ilishda quydagi masalalar muhoka qilindi.

Davlatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan barcha tadbir ishtirokchilarni muborak etaman. Hamisha osmonimiz musaffo, elimiz yurtimiz tinchligi abadiy bo‘lsin.

Aynan milliy mustaqillik el-yurtimiz uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai bo‘lib kelmoqda.

Yurtimizda Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa ham, ancha xayrli ishlarni boshlab qo‘ydi. Fondning asosiy vazifalari yurtimizdagi xotin-qizlar va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish, ularga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, kerakli kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashish hisoblanadi.

 

 

Prezidentimiz joriy yil 21 iyunda, Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida so‘zlagan nutqida ayni shu ulug‘ qadriyatlarning boshida turuvchi muhtarama ayol zotiga «Ayolga bo‘lgan hurmat-e’tibor – bu avvalo oilaga, jamiyat kelajagiga bo‘lgan hurmat-e’tibor ifodasidir» deya yuksak ta’rif berdi.

Haqiqatan ham, ayol – e’zoz va e’tiborga loyiq zot. Hadisi shariflarda ular xususidagi rivoyatlarda ayollarga yaxshi munosabatda bo‘lgan kishi eng yaxshi fazilatlarga ega inson sifatida ta’riflanadi.

Sharq xalqlarida azaldan xotin-qizlar hurmat va ehtiromga munosib ko‘rilgan. Shonli tariximizda To‘maris va Bibixonim, Gulbadanbegim va Zebunniso, Nodirabegim va Anbar otin kabi oqila momolarimiz yashab o‘tganlar. Shu ma’noda, «O‘zbekiston xotin-qizlari – Vatanimiz insoniy salohiyatining oltin fondidir», desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi

O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish, xotin-qizlarni rag‘batlantirish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni ta’minlash borasida muhim o‘zgarishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etdi.

 

Darhaqiqat, yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi siyosati xalqaro darajada e’tirof etilayotgani bejiz emas. Zero, Tarakkiyotlar strategiyasida xotin-qizlarning mamlakat hayotidagi munosib o‘rnini belgilab berishga va jamiyatdagi mavqeini yanada yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ko‘zda tutilgan.

Bugun zamonning o‘zi barchamizdan yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi islohotlarning nafaqat ishtirokchisi, balki tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishni, boshqalarga namuna ko‘rsatishni talab etmoqda.

Ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlash, oilalarning tibbiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish, joylarda, xususan, mahallalarda, xotin-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’rifiy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish zarur. Ayniqsa, qiz bolalarni hayotga tayyorlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, san’at, sport, ilm-fan sohalariga keng jalb etish muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, mehr-oqibatli, oqko‘ngil ayollarimizga mutlaqo yarashmaydigan salbiy illatlar, ya’ni xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, jumladan, jinoyatchilik, odam savdosi, oilaviy ajrimlar, erta nikohlarning, o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish doimiy e’tibor markazida bo‘lmog‘i darkor.

 

 

Bu jarayonlarda, fikrimizcha, ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida turli rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritib, bugun shogirdlariga mehribon ustoz hamda oilasining g‘amxo‘r sohibasi bo‘lib baxtiyor umr kechirayotgan muhtarama ayollarimizning ibratli hayot yo‘li va ijtimoiy-siyosiy faoliyatining yorqin qirralarini faol qizlarimizga namuna qilib ko‘rsatish g‘oyat muhim.

 

 

Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari tomonidan mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi, shu jumladan, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ularga xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha komissiyalar va boshqa tashkilotlar ham ko‘maklashmoqda.

Endi mahallabay o‘rganib, ishlash istagi bo‘lgan xotin-qizlarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirilib, ularning bandligini ta’minlash, ayollarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.