Germaniya Federativ Respublikasida tibbiyot sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
10-Avgust, 2022-yil

...


Germaniya Federativ Respublikasida tibbiyot sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda hamkor ConsaltingUz tashkiloti tomonidan nemis tilinini kamida V1 darajada biluvchi tibbiyot sohasi xodimlari tanlov asosida ishga taklif qilinadi.

🔴 Oliy va o‘rta-maxsus ma'lumotli tibbiyot xodimlari;
🔵oyiga 40 soatlik ish vaqti;
🔴O‘zbekistondan Germaniyaga borish harajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi;
🔵 Oylik maosh 2400-3000 yevro (brutto);
🔴 Berufserlaubnis va ishchi vizasi olishda ko‘mak;
🔵 Ish beruvchi tomonidan yashash joyi topishga ko‘mak.

Nomzodlarga qo‘yilgan minimal talablar:

1. Yosh chegarasi - 35 yosh;
2. Nemis tilida muloqot qila olish (Gyote institutidan V1 sertifikat):
a) Oliy ma'lumotli shifokolrlar - V2 daraja;
b) Tibbiyot hamshiralari - V2 daraja;
s) Tibbiyot personali - V1 daraja.
3. Tibbiyot sohasida oliy yoki o‘rta-maxsus ta'lim olgani haqida hujjat;
4. Tibbiyot sohsidagi 2 yillik ish tajribasi.

Yuqoridagi talablarga mos keluvchi fuqarolardan talab qilingan hujjatlarni yuklagan holda ro‘yhatdan o‘tishlari so‘raladi:

1. Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
2. Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (V1 daraja, pdf shaklda).
3. Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda);
4. Oliy yoki o‘rta-maxsus ta'lim yakunlangani to‘g‘risida xujjat (pdf shaklda)

👉  Ro‘yxatdan o‘tish.

 (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSew9Y6LcUO2R-6P_NYvOnrJb-5wbSTRejS7GFGbFyIS6nvzpg/viewform?usp=sf_link)) ☎️ Qo‘shimcha ma'lumot uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz so‘raladi.